Shveytsariya universitetlariga 2026 qabuli ochiq — ariza muddatlarini o'tkazib yubormang.
Birga tayyorlaylik
SwissUni
Barcha shaharlar
Frantsuz tili

Genève

Jeneva

Xalqaro tashkilotlar shahri. BMT, JSST va o'nlab boshqalar shu yerda.

Kanton Genève
~205 000 kishi
1,900–2,500 CHF / oy

Haqida

Jeneva — Shveytsariyaning eng xalqaro shahri. BMT'ning Yevropa shtab-kvartirasi shu yerda. 40%+ aholisi xorijiy. Diplomatiya, xalqaro huquq, gumanitar fanlarga qiziquvchilar uchun eng yaxshi joy.

Uy-joy

Xona: 800–1,400 CHF/oy — Shveytsariyadagi eng qimmat. CITE Universitaire va Calvin Foundation — talaba dorm'lari. Frantsiya tomonida (Ferney-Voltaire) yashash arzonroq, lekin chegara o'tib yurish kerak.

Transport

TPG tramvay va avtobuslari. UNIRESO abonementi ~500 CHF/yil. Frantsiya bilan yaqinlik — qisman frantsuz transporti bilan ham foydalanish mumkin.

Til muhiti

Frantsuz tili — birinchi. Ingliz tili xalqaro muhit tufayli keng tarqalgan. Boshqa joylarga qaraganda anglofonlar uchun qulayroq.

Iqlim

Qish: -1 dan +6 °C. Yoz: 20–28 °C. Bise shamoli qishda noxush bo'lishi mumkin.

Nima qilish mumkin

  • Jet d'Eau (mashhur favvora) yonida sayr
  • Eski shaharda kofe (Vieille Ville)
  • Paquis hammomida qish kunlari
  • CERN'ga ekskursiya
  • Chamonix va Mont-Blanc — bir soatlik masofada

O'zbek jamoasi

UNIGE'da 15–20 nafar O'zbek talaba. Xalqaro tashkilotlarda ishlaydigan o'zbeklar bilan tanishish — qimmatli network.

Foydali havola